Kuzda yana kelishadi

Date:

Yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini, arxeologik yodgorliklarini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalari va nashrlar vakillari uchun maxsus turlar tashkil etilmoqda.

Shu doirada Janubiy Koreyaning mashhur “Move” (“Harakat”) jurnali jurnalist va fotomuxbirlari uchun Surxondaryo viloyatiga infotur uyushtirildi. Mehmonlar Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa, Zurmala kabi noyob arxeologik obyektlar, Termiz arxeologiya muzeyi hamda muzey-qo‘riqxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

– O‘zbekistonga safimiz davomida bir necha viloyatlarda bo‘ldik. Ammo turli din va madaniyatlarga oid tarixiy yodgorliklarni o‘zida mujassam etgan Surxondaryo bizda beqiyos taassurot qoldirdi. Bu yerda olingan suratlar asosida alohida fotokitob tayyorlashni rejalashtiryapmiz, – deydi jurnalning ijodiy direktori Cho Min Gu.

Koreyalik jurnalistlar tashrifdan katta ta’sirlangan holda, kuz faslida yana Surxondaryoga tashrif buyurish niyatida ekanliklarini ma’lum qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Odil sudlov – 2030”: sud-huquq tizimida yangi islohotlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va kelgusidagi ustuvor...

Surxondaryoda 70 mingdan ortiq birinchi sinf o‘quvchisiga “Prezident sovg‘asi” topshiriladi

Yangi o‘quv yili arafasida Surxondaryodagi 978 ta umumta’lim maktabining...

Sport maktablari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryoda yoshlarni...

Surxondaryo — mustahkam hamkorlik va cheksiz imkoniyatlar maskani

“O‘zbekiston – Xitoy” investitsiya forumining tantanali ochilish marosimida Surxondaryoning...
KunTun
KunTun