Boysundan Denovgacha…

Date:

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida 111 kilometrlik “Darband–Boysun–Elbayon” avtomobil yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qurilish-ta’mirlash loyihasi amalga oshirilayotganidan xabaringiz bor.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysundan Denovgacha bo‘lgan masofada yo‘l qurilishi ishlarini o‘rgandi. Buyurtmachi, loyiha tashkiloti, pudratchi va subpudratchi korxonalar bilan hamkorlikda har bir lot bo‘yicha qurilish jarayonlari va keyingi bosqichdagi loyihalash ishlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” yo‘lining 5–70 km va 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” yo‘lining 128–174 kilomeyr oraliqlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi va loyihaning keyingi bosqichlari taqdim etildi.

Qurilish sur’atida kechikishlarga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilinib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Jumladan, ishlarni jadallashtirish hamda loyihalash jarayonlarini mavjud infratuzilma va hudud releyfi xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borish vazifasi yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Siz kelmang, biz boramiz

Bandixon tumanining "Navro‘z" mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi....

Denovda gilos bog‘i barpo etilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida qishloq xo‘jaligi...

“Turun” jamoasi birinchi oʻrinda

Termiz shahrida "Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz" respublika ko‘rik-tanlovi yakunlandi....

Intellektual bahslarda…

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shaxmat va shashka turlari...
KunTun
KunTun