Savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari qurilishiga start berildi

Date:

Yo‘l bo‘yi ochiq maydonlari, daryo qirg‘oqlari bo‘sh yerlari hamda kollektorlarni zamonaviy usulda yopiq drenajga aylantirish orqali ochilgan joylarda loyihalar qurilmoqda. Mazkur tashabbuslar doirasida Termiz shahri “Tinchlik” mahallasida joylashgan kollektorning zamonaviy uslubda yopilgan 1,2 kilometr qismida savdo va xizmat ko‘rsatish hamda avtoservis nuqtalari qurilishiga start berildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, loyihalar qurilishining tamal toshini qo‘yib berdi. Mazkur tashabbus “Abbos Yaxyo Kelajak” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, shu vaqtgacha tashlandiq holda bo‘lgan kollektorda sizot suvlari oqimini to‘xtatmagan holda yopilgan maydon ustidan qurilgan loyihalar infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy faollikni oshirish va byudjetga tushumlarning ortishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun