Ishlar sur’ati oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va hududda amalga oshirilayotgan muhim loyihalar bilan tanishdi. Eng avval, “Shahriobod” mahallasidagi “Xorijiy tillarga o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish markazi” faoliyati ko‘zdan kechirildi. Markazda yoshlarga asosan Koreyada talab yuqori bo‘lgan kasblar hamda koreys tili o‘rgatilmoqda. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida og‘ir toifadagi “Xulkar” mahallasining infratuzilmaviy holati o‘rganilib, mahalla “yettiligi” a’zolari bilan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hokim 31-sonli umumta’lim maktabini kapital ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi. Umumiy qiymati 3,7 milliard so‘mlik mazkur loyiha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB homiyligida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston – Tojikiston chegarasida tashkil etilayotgan “Sariosiyo” erkin iqtisodiy zonasi va logistika markazi qurilishi ko‘zdan kechirilib, ishlar sur’atini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda esa tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, qarzdorliklarni qisqartirish masalalari muhokama qilinib, aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun