Hamkorlik rejasi asosida…

Date:

Har bir sohaning o‘ziga yarasha qiziqarli, mas’uliyatli va qiyin tomonlari bo‘ladi. Bularning bari birgalikda sohani sevgan insonga zavq bag‘ishlaydi. Ayniqsa, harbiylik har bir alp o‘g‘lon uchun ana shunday muhim ahamiyatga ega. Bor kuchini, mahoratini nomoyon etadigan harbiy xizmatchilar doimiy tayyorgarlikda, chiniqishda bo‘lsagina dushmanga qarshi mardonavor jang qila oladi. Demak, bunday mashg‘ulotlar harbiylar uchun ham zarurat, ham hayot-mamot masalasidir.

Janubi–g‘arbiy harbiy okrugga qarashli “Termiz” umumqo‘shin poligonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari ishtirokida “Hamkorlik–2025” xalqaro o‘quv mashg‘ulotlariga rasman start berildi. “Noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yakson qilish bo‘yicha qo‘shinlar maxsus harakati” mavzusida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotlarning ochilish marosimida ikki davlat Mudofaa vazirliklari mutasaddi rahbarlari so‘zga chiqib, tadbirning maqsad va vazifalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Xususan, o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, cho‘l-sharoitdagi jangovar operatsiyalarni olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni boyitish, tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mashg‘ulotlarga 400 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar jalb qilingan bo‘lib, Rossiya tomoni o‘z harbiy texnikasi bilan ishtirok etmoqda.  Mazkur 10 kunlik o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oshirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun