Voleybolda ham natijalar quvonarli

Date:

So‘nggi yillarda barcha sport turlari qatori voleybolga ham keng e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-274-sonli qarorining ijrosini ta’minlash hamda chekka hududlarda voleybol sportini rivojlantirish, hakamlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar, ko‘plab musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Respublikamizning barcha shahar va tumanlarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida byudjetdan 2 trillion 230 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ham sohada munosib shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Yosh toifalari bo‘yicha xotin-qizlar, o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazilib, iqtidorli yoshlar kashf etilmoqda. O‘tgan yilgi musobaqada xorazmlik voleybolchi qizlar jamoasi chempion bo‘lgan bo‘lsa, erkaklar jamoalari baxsida O‘ztelekom jamoasi 1-o‘rinni va oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida SAVA xalqaro turnirlarida turli yoshdagi o‘smirlar, kattalar g‘olib va sovrinli o‘rinlari ko‘lga kiritdi. Xalqaro musobaqalarda Rossiya, Polsha, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan сhempionatlarda voleybol bo‘yicha natijalar quvonarli.
Viloyatimizda ham ushbu sport turini keng ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Termiz davlat universitetida “Universiada — 2025” musobaqalarining respublika bosqichi hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” kabi O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazildi. Musobaqalarda talaba-yoshlarimizning voleybol jamoalari munosib ishtirok etib, quvonarli natijalarga erishdi.

R.To‘laganov,
TerDU katta o‘qituvchisi, Pedagogika fanlari nomzodi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun