Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday paytlarda toqqa sayohat qilishni, yana kimdir dam olish sihatgohiga borishni afzal ko‘radi. Ana shunday vaziyatlarda bizga har yilda bir marotoba dam olish sihatgohi yoki farzandlarimizni dam olish oromgohlariga yuborish uchun Kasaba uyshmasi tashkiloti tomonidan ishimizni qulay va oson bitiramiz. Shuningdek, ish faoliyatimizda huquqlarimiz poymol bo‘ladimi, nohaqlikka uchraymizmi, uni tiklashda, bizni himoya qilishda kasaba uyushmasining yordami va ko‘magiga tayanamiz.
Jarqo‘rg‘on tumanida Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tuman kasaba uyushmasi kengashi raisi Ch. Yusupov rahbarligida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, tashkilot rahbarlari, kasaba uyushmalari faollari va mehnat jamoalari vakillari qatnashdilar.
So‘zga chiqqanlar kasaba uyushmalarining tarixiy taraqqiyoti, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi roli, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi o‘rni va bugungi kundagi ustuvor vazifalar xususida fikr almashdi. Shuningdek, kasaba uyushmalarining zamonaviy jamiyatda ijtimoiy sheriklik tamoyillarini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir davomida mamlakatimizda mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish, ishchi-xodimlar salomatligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.
Dinara Qo‘zimurotova