Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Date:

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg xavfli darajada yaqinlashdi. Tengrinews.kz sayti New York Postga tayanib xabar qilinishicha, katta muz massasi bir necha kundan beri Inaarsuitu tomon harakatlanmoqda. Shu sababli, mahalliy hokimiyat aholiga ogohlantirish berdi, mahalliy baliq zavodi va do‘kon vaqtincha yopildi.

“Agar bu dahshatli muz giganti qirg‘oqqa tegsa yoki parchalanib ketsa, zarar va shikastlanishga olib kelishi mumkin. Singan muz bo‘laklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruqlikka tushishi ehtimoldan yiroq bo‘lmasa-da, ularning qulashi qirg‘oqni yuvib ketadigan kuchli to‘lqinlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu to‘lqinlar binolarga zarar yetkazishi, ehtimol eng yomon holatda esa, pastda joylashgan yoki allaqachon zaiflashgan binolarni butunlay yuvib yuboradi”.

Rasmiylar, shuningdek, odamlarni qayiqda orolga borish va undan qaytishda aysbergdan uzoqroq turishga va hatto quruqlikdagi kundalik ishlari bilan shug‘ullanayotganda ham ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...
KunTun
KunTun