Ortiqcha dahmaza

Date:

Nargiza katta-katta qadamlar bilan asabiy telefonda gaplashib kelardi:

— Ertalab kir yuvadigan mashinadan kiyimlarni olishni unutibman. Ishga kelib eslasam bo‘ladimi. Palakat!

Aksiga olganday bugun ishim kech tugadi, bog‘chaga kelsam, uydagilari olib ketishdi dedi, erim mendan oldin ishdan chiqqan, shekilli. Hozir borsam ovqat tayyor emasligini bahona qilib yana janjal chiqaradi.

— Uyda qaynonang yo‘qmi?

— E, so‘rama. O‘tgan kun qizinikiga ketgandi. Shu kampir ham menga ortiqcha dahmaza. Katta o‘g‘il alohida  yashaydi deb tekkandim, qayoqda… Bo‘pti, dugonajon, yana telefon qilaman. Uyga kep qoldim.

Aloqa uzildi. Nargiza erining g‘azabiga qarshi aytadigan gaplarini o‘ylab biroz sekinlashdi, qarasa uy oldida erining mashinasi ko‘rinmadi. Uyga kirsa kir mashinada qolib ketgan kiyimlari dorda ilingan, bolalari hovlida koptok tepishardi. Oshxona tomondan chiqayotgan palovning hidi esa butun hovliga tarqab ulgurgan edi. Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun