STRESS VA SO‘NISH — YECHIM BORMI?

Date:

Mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, his-tuyg‘ularning barqarorligi, mustahkamligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar toifasiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqni shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi.
Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o‘zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va tushkunlik, faollik va sustlik kabi ijobiy va salbiy ruhiy hodisa kelib chiqadi. Pedagoglar jamiyatda muhim rol o‘ynaydi va bolalarning ta’lim va tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ularning kasbiy faoliyati ko‘pincha yuqori stress darajasi bilan bog‘liq. O‘quvchilarning turli xil ehtiyojlari, ota-onalar bilan muloqot, ma’muriy vazifalar va moliyaviy qiyinchiliklar pedagoglarni doimiy stress holatida saqlashi mumkin. Kasbiy stress — bu kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy-salbiy va ekstremal omillarning uzoq muddatli intensiv ta’siri natijasida xodimda yuzaga keladigan stress holatidir.
Kasbiy stress ish samaradorligining pasayishi, ichki noqulaylikning kuchayishi, pedagogik faoliyat bilan bog‘liq ijtimoiy motivlarning yo‘qolishi, o‘z-o‘zidan va faoliyatdan norozilik, psixosomatik kasalliklar va depressiv holatlarda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda pedagoglar faoliyati psixogen, intellektual, hissiy tarangliklarga boy. Chunki, kundalik hisobotlar, murabbiylik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, pedagogik jamoadagi rahbar-xodim munosabatlaridagi muammolar pedagoglarning pedagogik ijod bilan shug‘ullanishiga vaqt qoldirmaydi, bu ham ruhiy, ham jismoniy charchoq, zo‘riqishlarga olib keladi.
Shularni hisobga olgan holda biz o‘z oldimizga o‘qituvchilarda kasbiy stressning ko‘rinishlarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ydik. Pedagoglarda o‘quvchilarga dars berish, darslarni tayyorlash, baholash ishlarini bajarish va ma’muriy vazifalar, har bir o‘quvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, ularning o‘quv ehtiyojlari va xulq-atvori har xil bo‘lishi, ota-onalar bilan muloqot, ularning tashvishlari va talablarini hal qilish, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangi dasturlar va texnologiyalar pedagoglarga moslashishda qiyinchiliklar tug‘dirishi, past maosh, o‘quv materiallari va resurslarning yetishmasligi kasbiy stress hamda emotsional so‘nishni keltirib chiqaradi.
Kasbiy stress va emotsional so‘nish holatlarini oldini olish uchun nafas olish mashqlari, meditatsiya, yurish va sport kabi stressni boshqarish texnikalari, pedagoglar o‘zlariga yetarli vaqt ajratish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi, hamkasblar, oila va do‘stlar bilan ochiq muloqot qilishi, o‘zaro tajriba almashish va qo‘llab quvvatlashi, o‘z malakasini oshirishi, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishi, ish joyida ijobiy muhit yaratilishi, ish yuklamasini samarali taqsimlanishi va o‘qituvchilarga yetarli resurslarni taqdim etilishi kabi usullarni qo‘llash muhim.
Pedagoglarda kasbiy stress va emotsional so‘nishi jiddiy muammodir va uning salbiy oqibatlari ko‘pdir. Yuqorida keltirilgan usullar pedagoglarga kasbiy stress va emotsional so‘nishning oldini olish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va kasbiy faoliyatini samarali davom ettirishga yordam beradi.

Shoxista Dobilova,
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 63-maktab psixologi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun