Bayram keng nishonlandi

Date:

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz va Kakaydi garnizonlaridagi harbiy qism va harbiy shaharchada “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida bolajonlar uchun ko‘plab qiziqarli konsert dasturlari, o‘yinlar namoyish etildi. Harbiy qism rahbariyati tomonidan tashkil etilgan turli attraksionlar, o‘yin maydonchalari va sovg‘alar esa bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shib, ularning yuzida beg‘ubor tabassum paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Mazkur tadbir harbiylarning farzandlariga bayramona muhitni tuhfa etish, ularning bolalik shodligiga hissa qo‘shish hamda harbiy jamoalarda ijtimoiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun