Koʻngil guli

Date:

Roziya xola halloslab xonasiga kirdi. Sandiq ustida yigʻib qoʻyilgan koʻrpachalarni yiqdi. Hatlab oʻtib shoshilgancha sandiq ichidan ancha yillar ilgari tiktirgan maydagul chit koʻylagini topdi. Koʻzguda roʻmolini qayta-qayta oʻrab koʻrdi. Eski gʻaladonidan surma topib koʻzlariga qoʻydi. U hozirdan oʻzini ancha tetik his qila boshlagandi. Hammasiga sabab, kechki ovqatdan soʻng oʻgʻlining ilk marta, “Mashinada shaharni aylantirib kelaymi?”, degan taklifi edi.

Koʻzgudagi aksiga boqib koʻrinishidan koʻngli toʻlmaganday boʻldi va vazadagi rayhondan bir shox sindirib chakkasiga qistirdi, soʻng nim tabassum qilib oʻziga oʻzi, “endi hammasi joyida, chiroylisan Roziya” deb tashqariga chiqdi.

Koʻchada oʻgʻli Zarif mashinasini qizdirib, xotini va bolalarining imillashidan norozilarcha turar edi. Shu pallada onasiga koʻzi tushdi. Uning toʻsatdan bergan savoli, Roziyaning chakkasidagi rayhonini bir onda soʻlitdi:

—Ha oyi, qayerga otlandingiz?

Arjumandbegim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun