Ekstremal jaziramalarning aybdorlari aniqlandi

Date:

Tadqiqot natijalarida keltirishicha, yer aholisining eng badavlat qismi global isishning 66 foizi uchun mas’ul. Xalqaro olimlar jamoasi iqlim inqirozi — bu shunchaki global chiqindilar oqibati emas, balki ma’lum bir shaxslarning aniq qarorlari natijasi ekanini aniqladi. Yer aholisining eng badavlat 10 foizi 1990-yildan buyon kuzatilayotgan global isishning 66 foizi uchun mas’ul bo‘lib chiqdi — bu esa o‘ta xavfli issiqlik to‘lqinlari va tropik hududlardagi qurg‘oqchiliklarga o‘xshash keskin ob-havo hodisalari tez-tez kuzatilishiga olib kelgan. Tadqiqotchilar ishi Nature Climate Change jurnalida chop etilgan. Ayniqsa, bu borada nihoyatda boylar, ya’ni Yer aholisining 1 foizi — alohida ajralib turadi. Ularning harakatlari ekstremal issiqlik to‘lqinlarining (ilgari yuz yilda bir marta ro‘y beradigan) yuzaga kelishiga dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga qaraganda 26 barobar ko‘proq hissa qo‘shgan. Ularning Amazonkadagi qurg‘oqliklarga qo‘shgan hissasi esa global o‘rtacha ko‘rsatkichdan 17 barobar yuqori.

Olimlar iqtisodiy ma’lumotlar va iqlim modellashtirishni birlashtirgan innovatsion model yordamida aynan qaysi ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar ma’lum iqlimiy falokatlar uchun asosan javobgar ekanini aniqlagan. Masalan, faqat AQSH va Xitoydagi eng boy 10 foiz aholining o‘zi zaif hududlarda ekstremal haroratlarning ikki va hatto uch barobar ortishiga sabab bo‘lgan.

Tadqiqotda qayd etilishicha, faqat dabdabali hayot tarzi uchun sarflanayotgan xarajatlar emas, balki boy insonlarning investitsiyalari ham xavfli. Karbonat chiqindilari yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirilgan moliyaviy oqimlar iqlimga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, olimlar sayyoradagi eng boy odamlar uchun progressiv iqlim soliqlari va aniq javobgarlik mexanizmlarini joriy etishni talab qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun