“Er Jahongir ota” obodonlashtirilmoqda

Date:

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi muqaddas maskanlardan biri — “Er Jahongir ota” ziyoratgohiga tashrif buyurib, u yerni ziyorat qildi.

Tuman hokimi ziyoratgoh hududini to‘liq ko‘zdan kechirib, mavjud holatni o‘rgandi. Tashrif davomida ziyoratgohda obodonlashtirish ishlarini olib borish, foydalanish muddati o‘tgan, nosoz holga kelgan jihoz va buyumlarni yangilariga almashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek, hokim ushbu muqaddas maskanni hudud aholisiga munosib, chiroyli va fayzli ziyorat joyiga aylantirish zarurligini ta’kidladi.

Ayni paytda ziyoratgohda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Mazkur tashabbus — nafaqat diniy qadriyatlarimizga hurmat, balki tarixiy maskanlarga e’tiborning yaqqol namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...

Hosildorlik oshiriladi

Qishloq xo‘jaligida yuqori hosildorlikka erishish, ilg‘or agrotexnik usullarni ommalashtirish...
KunTun
KunTun