Maykl Jekson haqida yangi film

Date:

Pop musiqasi afsonasi Maykl Jeksonning hayoti haqida “Maykl” nomli yangi film suratga olinmoqda. Film 2026-yilda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.Ushbu biografik filmda bosh rolni Maykl Jeksonning jiyani, yosh xonanda va raqqos Jaʼfar Jekson ijro etadi. Film rejissori — Antuan Fukua, ssenariyni esa “Bogemancha rapsodiya” muallifi Jon Logan yozgan.

“Maykl” filmi Jeksonning bolaligidan boshlab mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan davrini, ijtimoiy bosimlar, sud jarayonlari, Neverlenddagi hayoti va 2009-yilda vafotiga qadar bo‘lgan voqealarni qamrab oladi. Filmda nafaqat san’atkorning yutuqlari, balki uning insoniy jihatlari, oilasi bilan munosabatlari ham ochib beriladi.

Filmni prodyuserlar — Grehem King, Jon Branka va Jon Makkleyn tayyorlamoqda. Tarqatish huquqlari AQShda “Lionsgate”, xalqaro miqyosda esa “Universal Pictures” kompaniyasiga tegishli. Film uchun taxminan 155 million dollar byudjet ajratilgan.

Dastlab film 2025-yil 3-oktabrda chiqishi rejalashtirilgan edi. Ammo ssenariyda 1993-yildagi sud mojarosi haqida sahnalar mavjud bo‘lib, bu holat Maykl Jekson va Chandler oilasi o‘rtasidagi maxfiy kelishuv shartlariga zid ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng, filmning uchinchi qismi qayta yozilmoqda va yangi sahnalar suratga olinmoqda.Yana bir sabab — filmning davomiyligi. U 3,5 soatga yaqin bo‘lib chiqdi. Endi uni ikki qismga bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Yangi chiqarilish sanasi 2026-yilga surilgan.

Bosh qahramon rolini Jaʼfar Jekson — Maykl Jeksonning akasi Jermein Jeksonning o‘g‘li ijro etadi.

“Maykl” filmi Jaʼfar Jeksonning aktyorlikdagi birinchi yirik ishi hisoblanadi. Rejissor Fukua uning sahnadagi harakatlari, ovozi va tashqi ko‘rinishi amakisiga juda o‘xshashligini aytgan. Maykl Jeksonning onasi Ketrin Jekson esa: “Go‘yo o‘g‘lim sahnaga qaytgandek bo‘ldi,” deb fikr bildirgan.Filmda Maykl Jeksonning eng mashhur kliplari — “Thriller”, “Billie Jean”, “Smooth Criminal” kabi sahnalari qayta jonlantiriladi. Shuningdek, Neverlenddagi hayoti, MTV mukofotlari, oilaviy munosabatlari, mashhurlik bosimi va qiyin damlari ham aks ettiriladi.

Filmni suratga olish ishlari 2024-yil yanvarda boshlangan va 2025-yil yozida davom ettiriladi. Mutaxassislar ushbu filmni “Bogemancha rapsodiya” yoki “Elvis” kabi mashhur biografik filmlar qatoriga kirishiga ishonishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun