Qo‘rg‘oshin oltinga aylantirildi

Date:

Yevropaning yadro tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi eng yirik ilmiy markazi — Yevropa yadro tadqiqot markazi (CERN) mutaxassislari 2025-yil may oyida tarixiy ilmiy tajribani amalga oshirishdi. Ular qo‘rg‘oshin yadrosini oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu tajriba Shveysariya va Fransiya chegarasida joylashgan Katta Adron Kollayderi laboratoriyasida olib borildi. Olimlar uzoq vaqt davomida nazariy jihatdan mavjud deb hisoblangan, ammo tajribada tasdiqlanmagan jarayonni amalda isbotlashdi.
Tajriba davomida olimlar qo‘rg‘oshin-208 deb nomlanuvchi og‘ir atom yadrolarini yorug‘lik tezligiga juda yaqin tezlikda harakatlantirib, ularni bir-biriga urmasdan juda yaqin masofada o‘tkazishdi. Bu yaqinlik natijasida hosil bo‘lgan kuchli elektromagnit maydonlar qo‘rg‘oshin yadrosidan uchta protonning ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi. Natijada, 82 protonli qo‘rg‘oshin yadrosi 79 protonli oltin yadrosiga aylandi. Bunday hodisa “elektromagnit dissosiatsiya” deb ataladi va fizikada juda kam uchraydi.
Tajriba davomida jami 86 milliardga yaqin oltin yadrosi hosil bo‘lgani qayd etildi. Biroq bu yadrolarning umumiy massasi 29 pikogramm (ya’ni, 0,000000000029 gramm) bo‘lib, ular mikrosekund ichida parchalanib ketgan.
Demak, bu jarayon orqali sanoat miqyosida foyda olish imkonsiz. Ammo ilmiy jihatdan bu — katta yutuq. Ushbu tajriba moddaning ichki tuzilishini chuqurroq o‘rganishga, yadro fizikasi, zarracha fizikasi, tibbiyot va kosmik texnologiyalar uchun yangi bilimlar yaratishga xizmat qiladi.
Asrlar davomida alkimyogarlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishni orzu qilishgan. Endi esa bu orzu ilm-fan vositasida qisqa muddatga bo‘lsa-da, amalga oshdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun