Akademik xab tashkil etiladi

Date:

2025-yil 1-iyulgacha Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekistonda bolalar orasida onkologik va onkogematologik kasalliklarni raqamli monitoring qilish va boshqarish tizimi joriy etiladi. Bu orqali “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali bolalarni ro‘yxatga olish, tashxis qo‘yish, davolash, kuzatuv va yo‘llanma berish jarayonlari raqamlashtirilgan marshrut asosida yuritiladi. Shuningdek, masofadan shifokor qabuliga yozilish va onlayn maslahat olish imkoniyati yaratiladi.
Joriy yil yakuniga qadar bu strategiyani amalga oshirish doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari ham tatbiq etiladi. Muhim tashabbus sifatida, Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi.
Ushbu akademik xab ilmiy-ta’lim muassasasi maqomida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, ular xalqaro sertifikatlash va doimiy tibbiy ta’lim tizimi standartlariga mos bo‘ladi. Bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash, shuningdek, profilaktika choralarini ishlab chiqish kabi vazifalarni bajaradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun