O‘quvchilar teatrda

Date:

Teatr — hayot maktabidir. U orqali inson hayotiy saboqlarga ega bo‘ladi, to‘g‘ri yo‘l tanlash, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchi-yoshlari viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, buyuk alloma, hadis ilmining yirik namoyandalaridan biri — Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlab sahnalashtirilgan “Imom Termiziy” spektaklini tomosha qilishdi.
Spektakl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, tarixiy yondashuv, chuqur ilmiy izlanish va badiiy yuksaklik bilan boyitilganligi o‘quvchilarning tarixiy ongini shakllantirish, ma’naviy tarbiyasini boyitish va san’at orqali milliy qadriyatlarni singdirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun