“Karyera markazi” tashkil etildi

Date:

Oliygohni tamomlash arafasida turgan yosh borki, hayotidagi muhim qadam — munosib ish topish haqida o‘ylab qoladi. Qaysidir tashkilot eshigini qoqib, ko‘ngildagidek ishni topgunicha anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Talaba-yoshlarni, ayniqsa, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida “Karyera markazi” tashkil etildi. Markazda ayni vaqtda mavjud boʻlgan va mehnat bozori talab qilayotgan boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar berib boriladi.

Markazning ochilish marosimi talaba-yoshlar uchun haqiqiy xursandchilik bo‘ldi. Universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, viloyat Yoshlar ishlari agentligi vakillari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan marosimda markazning maqsadi, yoshlarning bandligini ta’minlash va ish beruvchilar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Markaz doimiy ravishda universitetda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etadi. Oʻquv seminarlari oʻtkazib, talabalarni kasbiy sinovdan o‘tkazadi. Qiziqish hamda mutaxassisliklaridan kelib chiqib kasbga yoʻnaltiradi. Qolaversa, ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. “Karyera markazi”da ish izlovchilar hamda ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi ham shakllantirilib, ochiq vakansiyalar roʻyxati haqida ma’lumotlar berib boriladi.

Eng asosiysi Markaz boʻsh ish oʻrinlari uchun talabalardan talab etilayotgan bilim, koʻnikma va malakalar bilan ularni xabardor qilib boradi. Bunday xizmat turlarining yo‘lga qo‘yilgani talabalarning kelgusida kasb tanlashlarida muhim ro‘l o‘ynaydi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qoidani qayta buzgan chegirmadan mahrum boʻladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda...

Tezlikni oshirsa, jazosi qatʼiy

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish hamda...

Usta-dehqon tajribasi yoshlar bandligiga xizmat qilmoqda

Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va...

Iqtisodiy oʻsish taʼminlanadi

Hududlarda investitsiya loyihalarini izchil amalga oshirish iqtisodiy o‘sishni ta'minlash,...
KunTun
KunTun