Bir manzilda birlashamiz

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Masofadan birlashamiz” yangi loyihasi ishga tushirildi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi – ijtimoiy himoya sohasida faol bo‘lgan shaxslarni birlashtirish va ularning tajribasini o‘rtoqlashish orqali aholining xabardorligini oshirishdan iborat. Loyiha doirasida eng og‘ir va murojaatlar soni ko‘p bo‘lgan 5 ta tuman tanlab olindi. Ushbu hududlardagi eng faol 10 nafar mahalla fuqarolari, ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil olayotgan 12 nafar talaba va “Inson” markazi volontyorlari qator muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Loyiha ishtirokchilari o‘zlari ko‘rgan va o‘rgangan tajribalarni o‘z mahallalarida targ‘ib qilish orqali aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun