Turkiyalik professorlar dars o‘tmoqda

Date:

Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin, degan gapda jon bor. Ishini o’z ustasiga qo’yib bermasak, ko’zlangan maqsadga erishish dushvor. Ayni aqidaga amal qilingan holda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida muhim tashabbusga qo‘l urildi.
Universitetning filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun turk tili tarixi fanidan maxsus dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu mashg‘ulotlarni Turkiyadan tashrif buyurgan taniqli olima, professor doktor Zühal Ölmez hamda Ma’mura Mamatqulova Özkan olib bormoqda.
Mazkur darslar turk tili va adabiyoti, eski turk tili hamda turk tili tarixi kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olib, talabalar bilimini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda nafaqat nazariy bilimlar, balki tarixiy matnlar tahlili, fonetik va morfologik o‘zgarishlar, turkiy tillarning taraqqiyot bosqichlari kabi amaliy jihatlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha yangi qiyofada

Yosh avlod uchun munosib ta’lim-tarbiya va qulay sharoitlar yaratish...

Bandixonda bayram oqshomi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bandixon tumanida bayram...

Qulay, ochiq va shaffof

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va davlat xizmatlari sifatini...

Jarqo‘rg‘onda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasi kengaytiriladi

Xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish hududlar iqtisodiy...
KunTun
KunTun