Kasbiy bilim va ko‘nikmalar oshirildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish  va tarqatish  tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi  va kitobxonlik madaniyatini oshirish  hamda targ‘ib qilish  bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida  viloyat bolalar kutubxonasida  “Kitoblarni jamlash va katalog yaratish” bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi maktab kutubxonachilari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibliotexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlamani hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida so‘z yuritildi.

O‘quv-seminar kutubxonachilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirib, tizimdagi yangiliklardan boxabar etdi.

Barno Baymuradova,

Kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

38-maktabning imkoniyati kengaydi

Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasidagi 38-maktabda o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar...

Sud binosi yangilandi

Oltinsoy tumanida sud binosi kapital rekonstruksiyadan chiqarilib, zamonaviy talablar...

Profilaktika inspektorlariga yangi faxriy unvon

Profilaktika inspektorlarining uzoq yillik va samarali xizmatini munosib rag‘batlantirishga...

Tog‘lar bag‘ridagi yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ijodkorlarining “O‘zA kunlari” loyihasi doirasidagi...
KunTun
KunTun