“Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim”

Date:

Boysun tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi sport musobaqalarining hududiy bosqichiga start berildi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadiganlar sonini oshirish, ta’lim muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, sport infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash, xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish, ta’lim muassasalaridagi sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘qituvchilarning bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish maqsadida tumandagi 5-umumta’lim maktabida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalarda yoshlar faol ishtirok etib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga jismonan chiniqib, muvaffaqiyatga erishishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xotin-qizlar bandligi

“Oltinsoy yangi taraqqiyot sari” o‘quv markazi tomonidan xotin-qizlarni kasb-hunarga...

Oyda ikki kun…

2026-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda har oyning 10- va 25-sanalarida...

Boysunning xalqaro nufuzi yanada oshadi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida...

Janubiy Surxon suv ombori – turizm va ekologiya uyg‘un

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv ombori hududida turizm infratuzilmasi...
KunTun
KunTun