Obodlik ishlari davom etmoqda

Date:

Vohamizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Termiz shahri, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Denov tumanlarida bo‘ldi.
Jumladan, Termiz shahrida “Yoshlar va turizm” ko‘chasi hamda “Boqiy shahar” majmuasida olib borilayotgan ishlar, Termiz tumanidagi “Termiz” erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalar qurilishi o‘rganildi. Shuningdek, M-41 avtomagistral yo‘li bo‘ylab joylashgan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, belgilangan vazifalarning ijrosi va loyihalarning borishi ko‘zdan kechirildi. Har bir obyekt bo‘yicha mutasaddi mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun