O‘quvchimiz grant sohibi

Date:

O‘z ustida ishlagan, til o‘rganib, IT sohasini o‘rganishga bel bog‘lagan yoshlar kam bo‘lmaydi. O‘zlari uchun dunyo va imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Albatta, bu harakatlarga berilgan mukofotdir.
Barcha sohalarda yigit-qizlar muvaffaqiyatlarga erishib, yurtimiz nomini sharaflar ichra qoldirmoqda. Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Iroda Saydullayeva o‘qib o‘rganishdan, bilim va iqtidorini namoyon etishdan to‘xtamaydigan qiz. U AQSH davlat departamentining Ta’lim va madaniyat ishlari boʻyicha byurosi hamda “Legacy International” tomonidan amalga oshirilgan “Tech Girls 2025” dasturi gʻolibi boʻldi.
Unda 38 davlatdan 44 000dan oshiq ishtirokchilar ichidan jami 128 nafar nomzod tanlab olinib, joriy yilda uch haftalik yozgi dasturda qatnashish uchun AQShga yuboriladi. Gʻolib oʻquvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun