Bandlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Vohamizda ham bu borada istiqbolli loyihalar o‘z ro‘yobini topmoqdaki, Termiz tumani agrar sohaga bog‘langan hududdan sanoati rivojlangan tumanga aylandi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov investitsiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘lib, “Termiz International Trade Center” binosidagi biznes maktabi zalida o‘tkazilgan videokonferensiyada ishtirok etdi. Unda viloyatda boshlanadigan va ishga tushiriladigan loyihalar ijrosi hamda boshqa vazifalar muhokama qilinib, shahar va tumanlar hokimlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, xalqaro savdo markazi hududida tashkil etilgan mini-zoopark va karnaval maydoni bilan tanishildi.
Shundan so‘ng, hokim “Sabzipoya” mahallasida tadbirkor Jamshid Hayitov tomonidan tashkil etilayotgan kemping va yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Loyihani samarali yo‘lga qo‘yish, uni kengaytirish va ish o‘rinlari sonini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Tashrif doirasida “Uchqizil” ko‘lida “Surxon Fish Agro Prom Ko” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan qafas usulida sazan baliq yetishtirish loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi. Qiymati 315 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha to‘liq investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida yiliga 80 tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan.
Investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari nafaqat budjet daromadlarini oshirish, balki aholi bandligini ta’minlash va farovonligini yuksaltirishga ham xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun