Zulfiya izdoshi bilan suhbat

Date:

Termiz shahridagi Prezident maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi bilan davra suhbati tashkil etildi.
Samimiy tarzda bo‘lib o‘tgan suhbatda Gulruxsorabegim o‘zining erishgan yutuqlari, ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qabul qilgandagi hayajonli lahzalarni Prezident maktabida tahsil olayotgan uka-singillari bilan bo‘lishdi.
Ayniqsa, 10 dan ortiq davlatda bo‘lgan Gulruxsorabegim tomonidan xalqaro oliy ta’lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarda tahsil olishning, malaka oshirishning afzalliklari to‘g‘risidagi qilingan taqdimot o‘quvchilar uchun qiziqarli hamda manfaatli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun