Fazilati sinovdan o‘tdi

Date:

Qiz bolaning orastasi, pazandasi-yu, chaqqoni yaxshi. Kelinlikka nomzodlarni saralay turib, ayni fazilatlilarni izlaymiz. Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Surxondaryo viloyat boʻlimi Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda Surxondaryo yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bagʻishlab 18-30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi qizlar oʻrtasida “Orasta qizlar” koʻrik-tanlovida ham ishtirokchilarning ham yuqoridagi kabi jihatlariga e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar 5 ta shart boʻyicha bellashdilar. Go‘zal va barno qizlarning nechog‘lik pazanda ekani sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘zlarini tutishlari, xushmuomalaliklarini ham namoyon etdilar. Go‘zal milliy kuy-qo‘shiqlarimizga aylagan tamannolari esa barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi. Bellashuv qizgʻin tarzda boʻlib oʻtdi. Sherobodlik Umida Ravshanova birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Bandixonlik Sarvinoz Mamarajabova hamda denovlik Sug‘diyona Toshtemirovalar ham munosib ishtirok etib, g‘oliblar safida bo‘lishdi. Tadbir soʻnggida gʻoliblar hamkorlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun