Milliy qadriyatlar asosida

Date:

Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonlari har bir millatning ma’naviy hayotiga, ayniqsa, yoshlar orasida turli xil tashqi madaniy ta’sirlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Madaniy xilma-xillik va tashqi omillar tufayli yoshlar ko‘pincha o‘z qadriyatlarini unutib qo‘ymoqda. Bunday vaziyatda, nomoddiy madaniy merosning ahamiyati, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratish bugunning dolzarb vazifasidir.
Nomoddiy madaniy meros xalqning tarixiy xotirasi, urf-odatlari va madaniy qiymatlarini o‘z ichiga olgan boy manba hisoblanadi. Milliy tafakkur, an’anaviy qadriyatlar va ma’naviy-axloqiy me’yorlar nomoddiy madaniy meros orqali avloddan avlodga o‘tib, jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu meros faqatgina o‘tmishning yodgorligi emas, balki kelajakni shakllantirishda ham asosiy poydevordir. Yosh avlod ana shu boy meros orqali o‘zini anglaydi, milliy o‘zlikni his qiladi va ma’naviy boylikka ega bo‘ladi.
Bugungi kunda madaniy merosni yoshlar orasida ommalashtirishning yangi va innovatsion usullari zarur. Ijtimoiy tarmoqlar va zamonaviy multimedia vositalari orqali xalqona an’analar, urf-odatlar va folklorga qiziqish uyg‘otish mumkin. Teatr, musiqa va an’anaviy hunarmandchilik ko‘rgazmalari yoshlarga milliy madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ta’lim tizimida madaniy merosni o‘rganish bo‘yicha maxsus darslar va loyihalar joriy etilishi ham yoshlarda madaniy merosga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Bayramlar, festivallar va madaniy tadbirlar orqali xalqning nomoddiy madaniy merosi ommaga tanishtiriladi. Navro‘z, Qurbon hayiti, sumalak sayllari kabi milliy bayramlar yoshlarga xalq an’analarini yaqindan ko‘rish va ularni amalga oshirish imkonini beradi. Bu bayramlar yoshlarning madaniyatga bo‘lgan hurmatini kuchaytiradi va xalq merosini saqlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Nomoddiy madaniy meros globallashuv jarayonida milliy identifikatsiyani saqlashda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, yoshlarning xalqning madaniy boyliklari, an’anaviy qadriyatlari va ma’naviy-axloqiy asoslari bilan yaqinlashishini ta’minlaydi.

Qurbonboy SHAHAROV,
TerDu tabiiy fanlar fakulteti tyutori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun