“Kemping” qurilishiga start berildi

Date:

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Angor tumanidan boshlab, “Angor index” MCHJning qurilish materiallari savdo majmuasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Tumanda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun barcha zarur infratuzilma va imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Birgina “Angor index” MCHJ savdo majmuasi hududidagi do‘konlarni to‘liq ishga tushirish orqali 2 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga tadbirkorlarni jalb qilgan holda xizmat ko‘rsatish va savdo loyihalarini to‘liq ishga tushirish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, Sherobod tumani “Qorabog‘” mahallasi hududida kichik mehmonxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, yoqilg‘i quyish kabi inshootlarni o‘z ichiga olgan “Kemping” loyihasi qurilishiga start berildi. Avtomagistral yo‘l bo‘yida bunyod etiladigan mazkur loyiha xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratishi, sayyohlar uchun qulay manzilga aylanishi ta’kidlandi.

Keyingi manzilda viloyat rahbari M39 xalqaro avtomagistral yo‘lining muhofaza zonasidagi 12 km maydonda yengil konstruksiyali ko‘chma savdo nuqtalari tashkil etish loyiha taklifi bilan tanishdi. Mutasaddilarga loyihalarni puxta ishlab chiqib, tanlangan maydonni lotlarga ajratish hamda “K-savdo” platformasi orqali auksion savdolariga chiqarish, shuningdek, aholining demografik o‘sishini inobatga olib kompleks loyihalar tayyorlash va taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘olib talaba bo‘ladi

Yoshlarning ilmiy salohiyatini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’limga yanada...

“Zakovat”da tengsiz

Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni bilim va tafakkurga undash...

Vatanparvarlik hissi ustuvor

Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yurt himoyasiga sadoqatli...

Nuroniylar e’tiborda

Mahallalarda tinchlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash jamiyat...
KunTun
KunTun