Dehqonobodliklarni shod etib

Date:

Bizdan yaxshi nom, ajib bog‘ qolishini istaymiz. Shunday ekan, harakatlarimiz ham ayni niyatimizga mos boʻlishi kerak. Ayniqsa, ona sayyoramizni yashillikka burkashga urinayotganimiz bu istak va maqsadlarimiz bilan mushtarakdir. Jarqo‘rg‘on tumanidagi Dehqonobod mahallasida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida mahalla aholisi o‘rtasida bepul ko‘chat tarqatish aksiyasi tashkil etilgani esa bu yoʻldagi katta va muhim qadam boʻldi.
Tashabbus doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari aholiga bepul tarqatilib, ularni to‘g‘ri ekish va parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mahalla faollari, yoshlar va ekologiya mas’ullari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir nafaqat hududni yashillashirish, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham xizmat qiladi.
Mahalla ahli bu kabi xayrli tashabbuslarning kelgusida ham davom etishini ta’kidlab, atrof-muhitni yanada go‘zal va toza saqlashga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun