Uzundara turistik maskanga aylantiriladi

Date:

Boysun tumanida joylashgan qadimiy Uzundara manzilgohi yunon va mahalliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan noyob yodgorlikdir. Suvsiz tog‘ cho‘qqisida barpo etilgan ushbu qal’a Baqtriya va So‘g‘d chegarasidagi strategik ahamiyatga ega mudofaa obyekti bo‘lgan. Uzundara qal’asi ma’muriy va harbiy markaz sifatida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida arxeologik yodgorlikni qayta tiklash, restavratsiya qilish va sayyohlik maskaniga aylantirish loyihasi ishlab chiqildi. Uzundara qal’asi 1991-yilda ochilgan bo‘lib, 2013-yildan buyon O‘zbekiston va Rossiya Fanlar akademiyalari mutaxassislari bu yerda qazish ishlarini olib bormoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 2024-yil 2-avgust kuni Uzundaraga tashrif buyurib, rus tarixchilari bilan yodgorlikning tarixiy ahamiyati, ilk davlatchilik shakllarining rivojlanishdagi o‘rni haqida suhbatlashgandi hamda mas’ullarga qal’a devorlari va mustahkam fortifikatsiya inshootlariga sayyohlarni jalb qilish maqsadida turistik marshrutlar ishlab chiqish vazifasini topshirgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun