Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Date:

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad rostlab, aholi uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratilayotir. Ana shunday arxitektura ishlari davom etib, loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Kattabog‘” va “Bog‘ishamol” mahallalarida Termiz shahrining bosh rejasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Mazkur hududlarda turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini qurish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Viloyat rahbari har bir loyiha shahar bosh rejasi va aholi ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishi, turar joylar va boshqa obyektlarni aholining demografik o‘sishini hisobga olgan holda barpo etish, avtomobil yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish orqali tirbandliklarni bartaraf etish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, infratuzilmani yanada rivojlantirish, savdo va xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish topshiriqlari berildi. Mutasaddilarga loyiha takliflarini bir hafta muddatda puxta ishlab chiqib, taqdimotga kiritish vazifasi topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun