Adolat va shaffoflik timsoli

Date:

“Ibratli sudya” mukofoti sudyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va ularning xolisona ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Sudyalar oliy kengashida odil sudlovni amalga oshirishda alohida namuna ko‘rsatgan sudyalarning 18 nafari ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi. Ular orasida 3 nafar Oliy sud, 3 nafar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar hamda 12 nafar birinchi instansiya sudlari sudyalari bor.
Shuningdek, mukofot sohiblari orasida Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi raisi To‘lqin Abdiraimov ham bor. U 2015-yildan buyon sudyalik lavozimida ishlab kelmoqda va 2024-yildan Sho‘rchi tuman sudi raisi sifatida faoliyat yuritmoqda. To‘lqin Abdiraimov o‘zining bilimliligi, kasbiy malakasi, xolisligi va odil sudlovni ta’minlashga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turadi.
“Ibratli sudya” mukofoti – odillik va shaffoflikning e’tirofi!

Asqar Qudratov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun