Faol nuroniylar kambag‘al oilalarga biriktirilmoqda

Date:

Hukumat qarori bilan “Faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanidan xabaringiz bor.
Nizom faol nuroniylarni kambag‘al oilalarga biriktirish hamda mahallada sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambag‘al oila farzandlariga ta’lim olishlari uchun o‘quv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
Sho‘rchi tumani hokimi va hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ayni masalaga e’tibor qaratildi va yig‘ilishda faol nuroniylarni kambag‘al oilaga biriktirish, mahallada sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish haqida so‘z yuritildi.
Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun