“Yashil iqtisodiyot” fondi tashkil etiladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Farmon loyihasida iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, 2025-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasida “yashil moliyalashtirish” tizimini shakllantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi hamda “yashil iqtisodiyot” fondini tashkil etish choralari ko‘riladi.
2025-yildan boshlab esa Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan – bosqichma-bosqich 200 million yevro, jahon bankidan – energetika sektorida metan emissiyasini kamaytirish uchun 10 million AQSH dollai, Global yashil o‘sish instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik ko‘magi doirasida – O‘zbekiston-Koreya o‘rtasida yashil hamkorlikni kuchaytirish uchun 6,5 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit va grant mablag‘larini yashil va kam uglerodli rivojlanish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga jalb etish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, 2025-yil sentyabrga qadar “yashil iqtisodiyot” loyihalarini amalga oshirishda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan milliy “yashil iqtisodiyot” loyihalarini baholash tartibi tatbiq etiladi. 2025-yil noyabrga qadar qiymati 10 million AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi loyihalarni “Source” xalqaro platformasi va “PIERS” tizimi bilan integratsiya qilish orqali loyihalarning “yashil komponent”lari va barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligini baholash amaliyoti yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar milliy shaffoflik tizimi doirasida issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) o‘z faoliyatini boshlashi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda dron ishlab chiqariladi

O‘zbekiston delegatsiyasining Malayziyaga xizmat safari davomida hamkor davlat bilan...

“Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”...

O‘zbekiston—Rossiya: yangi mexanizm joriy etiladi

Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus...

3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari uchun imtiyoz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash...
KunTun
KunTun