«Ijtimoiy karta»dan foydalanish tartibi belgilandi

Date:

«Ijtimoiy karta»ni muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.

Bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi. Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab «Ijtimoiy karta» AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.

2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi «1070» qisqa raqamli va tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati («Ishonch telefoni») faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...

Magistratura 1 yillik boʻladimi?

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga...

TerDUda xorijiy professorlar faoliyat boshladi

Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar professor-o‘qituvchi...

“JIYDALI”DA EZGU TASHABBUS

Qumqo‘rg‘on tumanining “Jiydali” mahallasida zamonaviy yangi to‘yxona foydalanishga topshirildi. Ochilish...
KunTun
KunTun