Yangi yil bayrami – bolalar quvonchi

Date:

Har bir bayram bolajonlar bilan fayzli va qiziqarli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga beg‘ubor orzu-umidlar, mehr-oqibat va yangi marralar olib kelishini intiqlik bilan kutadilar. Sho‘rchi tumanidagi “Golden kids” maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan bayram tadbiri ham bolajonlarga bir olam quvonch tuhfa etdi. Shu bilan birga, “Raqslar jilosi” to‘garagi a’zolari ham o‘zlarining go‘zal raqslari bilan barchani xushnud etdi.
— Tadbir katta archa atrofida uyushtirilgan badiiy dastur bilan yanada fayzli bo‘ldi, — deydi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Gulnoza Dadaxonova. — Qorbobo va Qorqiz, turli multfilm qahramonlari obrazlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi. Iqtidorli o‘g‘il-qizlarning sho‘x qo‘shiq, tarona va raqslari barchaga shodlik va hayajon, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun