Tergov sudyalarining vazifalari aniq

Date:

Davlatimiz rahbari 2024-yil 10-iyunda «Tezkor qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi. Ushbu farmonga binoan Surxondaryo viloyat sudida ham tergov sudyasi instituti joriy etilishi, uning mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat, tuman-shahar sudlari sudyalari, prokuratura, advokatura, ichki ishlar va bojxona organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ullari shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Seminarni viloyat sudi raisi Ablqosim Ruziqulov kirish so‘zi bilan ochdi va seminarning maqsadi va ahamiyati haqida tushuncha berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan tergov sudyasi institutini joriy qilishdan kutilayotgan natijalar, tashkiliy masalalar, kadrlar siyosati, e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar haqida ma’ruza qildi. Sudyalar oliy maktabi kafedra mudiri M.Nazarov va Sudyalar oliy kengashi sudyasi V.Fayzullayev ma’ruzalari ham qiziqarli ma’lumotlar va tushunchalarga boy bo‘ldi.
Ta’kidlandiki, rivojlangan davlatlar yurisdiksiyasida turli ko‘rinishlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelinayotgan mazkur amaliyotlar milliy mentalitetimizga moslashtirib ishlab chiqildi. Bu institut juda ko‘p ortiqcha tashvishlarni oldini oladi va odil sudlovni ta’minlashga katta hissa qo‘shadi.
O‘tkazilgan seminar savol-javoblarga, fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tkazilib, mutasaddilar tomonidan har bir savolga batafsil javob berildi.

Asqar Qudratov,
Viloyat sudi matbuot kotibi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun