Otalar ham ta’til oladimi?

Date:

Ish joylarida tazyiq va zo‘ravonliklarni aniqlash, ularni sodir etgan shaxslarga tegishli choralar qo‘llash, jabrlangan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish bo‘yicha huquqiy asoslar mavjud emasligi, tabiiyki, bu ko‘zda tutilgan salbiy holatlarning oldini olishga ham to‘sqinlik qiladi. Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, endilikda fuqaro muhofazasiga qaratilgan «mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish, tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash» prinsipi o‘zgartirilishi taklif etilyapti. Shuningdek, kamsitish sifatida baholanadigan holatlar ro‘yxatiga «terisining rangi, oilaviy ahvoli, siyosiy qarashlari» bilan bog‘liq holatlar ham kiritilmoqda.
Mehnat jarayonida boshqa xodimga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki tahdid qilgan xodimni ish beruvchi tashabbusi bilan boshqa ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish amaliyoti qo‘llanilishi belgilanmoqda. Qolaversa, loyihada ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda, turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq me’yorlar taklif etilmoqda.
Shu kunga qadar milliy qonunchiligimizda bunday ta’til nazarda tutilmagan edi. Shu sababli erkaklar kasbiy va oilaviy majburiyatlarini uyg‘un tarzda amalga oshirishga qiynalgan yoki o‘z hisobidan ta’til olishga majbur bo‘lgan. Bu esa oilaning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir qiladi.
Loyihaga ko‘ra, yangi farzand ko‘rgan otalarning turmush o‘rtog‘iga yordam berishi uning iqtisodiy ahvoliga ta’sir qilmaydi. Ya’ni, ota ixtiyoriy ravishda o‘z arizasi bilan belgilangan muddatlarga ta’til olishi va ish haqini o‘rtacha oylik miqdorida saqlab qolishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun