Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Date:

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan asarlari doim olimlarni o‘ylantirib kelgan. Ana shunday taraqqiyparvarlarimizdan biri Cho‘lpon beqiyos shoir bo‘lishi bilan birga mohir dramaturg ham edi. Ammo uning asarlarining muayyan qismi yo‘qolgan yoki yashirilgan, degan fikrlarni tarixchilar, adabiyotshunoslar doim ilgari suradi.
“Zamona xotini“ ham Cho‘lponning bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalaridan biri edi. Kutilmaganda Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidan asarning arabiy imlodagi qo‘lyozma varianti topildi. Eng muhim jihati, qo‘lyozma ustidan Cho‘lpon xati bilan tuzatishlar, izohlar kiritilgan, so‘zboshi ham yozilgan. Asarda zamon shamollari ta’siri sezilsa-da, u halollik, mehnat, inson sha’nini avaylash kabi azaliy qadriyatlar ustiga qurilgan.
Shuningdek, bolasini bag‘riga bosgancha, yangi ijtimoiy munosabatlar ichiga qisinib-qimtinib kirib borayotgan o‘zbek ayoli haqida so‘zlab, to‘g‘rirog‘i, ko‘rsatib beradi. Mazkur kitobni nashrga tayyorlovchi — Shahnozaxon Nazarova. Kitobga adabiyotshunos olim Jabbor Eshonqulov mas’ul muharrirlik qilgan. Muharrir — Ulug‘bek Xalilov. Noshir – Ahmad To‘ra. Dizayner – Muhammadxon Yusupov. Ushbu kitob 1000 nusxa adad bilan “Ijod Nashr“ nashriyotida chop etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun