To‘maris izdoshlari

Date:

To‘marisga munosib izdosh bo‘lish uchun eng avvalo, To‘maris shaxsiyatini yaxshi bilishimiz lozim. Yurtimizda esa har bir yosh ushbu qahramon ayol haqida, uning qahramonliklari haqida juda yaxshi biladi va faxrlanadi. Mardlik, jasurlik timsoli bo‘lgan ayolning jang maydonlarida hech bir erkakdan qolishmay, bor kuchini ko‘rsatishi bizni lol qoldirishi haqiqat. Tan olish kerakki, bugun ham ana shunday qizlarimiz bor.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi, “Qizlarjon” klubi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida talaba-qizlarning ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga hurmat va ehtiromni yuksaltirish, qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovi o‘tkazildi.
Musobaqa ishtirokchilarini hakamlar odillik bilan baholab bordi. Tanlovda universitetning aniq va tabiiy fanlar fakultetining “To‘maris” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun