Tanlovga start berildi

Date:

Bugun yoshlar yetakchilari o‘z ishi va vazifasini yaxshi biladi. Yoshlar bilan munosib ishlab, ularning orzu va istaklarini ro‘yobga chiqaradi, mummolarini hal etishga ko‘maklashib, vaqtini mazmunli tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatadi. Mahallada, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik sodir etilmasa, faqat va faqat yaratuvchanlik ko‘rsatib, yangidan yangi loyihalar ustida bosh qotirilayotgan bo‘lsa, demak yoshlar yetakchilari o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan bo‘ladi
Termiz shahridagi Yoshlar markazida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 608-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yetakchilar ongi, qalbida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!” g‘oyasini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, intellektual va professional salohiyatlarini oshirish maqsadida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda munosib nomzodlar g‘oliblik uchun ish ishini namoyish etishdi.
Tanlovda 112 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi va 10 ta yo‘nalish bo‘yicha qizg‘in bahslarga kirishdilar. Munosib nomzodlar esa keyingi bosqichda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun