Muammoga yechim izlandi

Date:

Bugun qaysidir kasblar rivojlandi, qandaydir kasbga talab yo‘qoldi. Yangidan yangi kasblar vujudga keldiki, o‘z navbatiga unga qiziquvchilar auditoriyasi ham shakllandi. Albatta, yangi kasblarni o‘zlashtirishda muammolarga duch kelish, ularni yechimini topishni talab etadi. Termiz davlat universitetida “Badiiy grafika va dizayn sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya ham ayni maqsadda o‘tkazildi.


Unda asosiy e’tibor badiiy grafika, dizayn, yengil sanoat va muhandislik grafikasi sohasida bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirildi. Ushbu konferensiya onlayn va oflayn formatda tashkil etildi.
Unda respublikamizning qator institut va universitetlaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Qatnashchilar yalpi majlisdan so‘ng 3 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar qilishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogoh bo‘ling!

Mart oyi FVV tizimida sel, toshqin va ko‘chki hodisalaridan...

Yosh iqtidorlar saralandi

Termiz shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida musiqa...

Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori”...

Fidoyi mehnat e’tirofi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va...
KunTun
KunTun