Tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Date:

Tanimiz sog‘ bo‘lsa, hayotimizdagi qolgan jihatlarga e’tibor qaratamiz. Moddiyatni o‘ylaymiz, ma’naviyatimizni boyitishga harakat qilamiz. Jonimiz og‘riganda, hech bir jihat quloqqa kirmaydi. Buni boshidan o‘tkazganlargina yaxshi biladi. Ammo xalqimiz to‘shakka mixlanmaguncha tibbiy ko‘rikka bormasligi ham haqiqat.
Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tuman aholisi uchun viloyatning yetuk mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan, kardiolog, travmatolog, stomatolog, pediatr, jarroh, allergolog, pulmonolog, nefrolog, okulist mutaxassislari tomonidan 300 nafardan ortiq bemor qabul qilinib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
– Asosiy maqsad aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, – deydi Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.Saidnazarov – Shuningdek, davo muolajalarini belgilash, birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga amaliy yordam ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini olib borishdir. Prezidentimizning shifokorlar bilan o‘tkazgan muloqotda “Tibbiyotning odamlarga yaqinroq borishi xizmat samaradorligini oshiradi, kasalliklarning oldi olinadi” – deganlari bugun hayotda o‘z isbotini topmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sharafimiz munosib himoya qilindi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan WAKO Jahon kubogi kikboksing musobaqasi...

Iqlim muammolariga yechim bor

Yurtimiz yoshlari ekologiya sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Maktab...

Zo‘rlar ichra zo‘r

Sportchilarimiz yana yurtimiz nomini yuksaklarga ko‘tarishdi. Vohadoshimiz  Asadbek Qurbonov...

Dastur izchillik ila amalga oshmoqda

Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Surxondaryoda aholining turmush...
KunTun
KunTun