SERTIFIKAT TOPSHIRILDI

Date:

Ayollarning ishsizman, kasb-hunarim yo‘q degani ham pishir-kuydirni, tikish-bichishni biladi. Qandaydir ish boshlash, o‘zlarini band qilish uchun esa ayni hunarlar bo‘yicha bilimlarini takrorlash kifoyalik qiladi. Shu sababdan Sho‘rchi tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan bir guruh ishsiz ayollarning ro‘yxati shakllantirilib, so‘ng tikuvchilik yo‘nalishida o‘qitildi. Kasb-hunar sirlari va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan ayollarga sertifikat topshirildi. Sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkor ayollar imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari yoki o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatiga ega.

— Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda, — deydi tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zulfiya Sherova. — Ayollar mehnatini qadrlash, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadiga qaratilgan imkoniyatlar ko‘plab opa-singillarimiz hayotiga yangicha mazmun olib kirayotgani sir emas.

Imkoniyatdan samarali foydalanayotgan ayollarimiz nafaqat o‘z oilalarida balki jamiyatimizda ham o‘z o‘rnini topishmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...

114 ta murojaat joyida hal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov videokonferensaloqa shaklida navbatdagi ommaviy...

Polvonlarimiz boʻsh kelmadi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilari...

Angorda yangi savdo do‘konlari ish boshladi

Angor tumanining Yuqori Xo‘jaqiya mahallasida joylashgan «Angor karvonsaroy» savdo...
KunTun
KunTun