Bo‘sh vaqti mazmunli o‘tmoqda

Date:

Sho‘rchi tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev chegara bilmas imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan “Nurli maskan” maktab internatida bo‘lib, imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida paraolimpiada sport musobaqalariga kiritilgan para dzyudo, yengil atletika, golbol, shaxmat va shashka to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Aytish kerakki, maktab internatida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishadi. Buning uchun sport to‘garaklari tashkil qilingan. Ular to‘garaklarda faol ishtirok etib, musobaqalarda o‘zlarini sinab g‘olib bo‘lishayotgani ham haqiqat.Albatta, yurtimizda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Sarhad bilmas imkoniyatlardan o‘z vaqtida samarali foydalanayotgan o‘quvchilarning borligi bizni-da quvontirdi. Paraolimpiada musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni olgan o‘quvchilar tuman hokimligi tomonidan taqdirlanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun