INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI

Date:

Global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin.Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki bola tarbiyaga oid xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq aynan internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar farzadining komyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va tahdidlar kutib turgan bo‘ladi.Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish so‘raladi. Bolalar ko‘proq o‘yinlarga qaram bo‘lib qolishadi. Onlayn o‘yinlar haqiqatan ham qiziqarli, ularning yaratuvchilari bolalar o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda ma’lum bosqichlardan o‘tish va o‘yin qahramonlarini takomillashtirib borish uchun ko‘p vaqt talab etiladi. O‘spirinlar o‘zlarini namoyon qilishga ehtiyoj sezganlari bois, aynan shunday onlayn o‘yinlarni axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram bo‘lib qolishiga olib keladi. Natijada ko‘p bolalar ovqatlanish, dars tayyorlashni unutib, uyusizlikka duchor bo‘ladi.Ota-onalarning vazifasi “vitual olamning” barcha ijobiy jihatlari bilan farzandlarini tanishtirish va o‘rgatib borish hisoblanadi. Buning uchun barcha axborotlarni ota-onalar, avvalo, chuqur tekshirishi va buni farzandalariga ham o‘rgatishi, ularni chinakam ilm va yuksak san’at namunalari bilan tanishtirib, ularda dunyo qiyofasiga mos bo‘lgan qadriyatlar tizimini shakllantirishi lozim bo‘ladi.

Jamshid Aliyev,

“Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati  hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun