“Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun sharoitlar yaratish hamda turizmni rivojlantirish, 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi “Yoshlar va turizm” ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining har bir hududida bittadan jami 15 ta ko‘cha tanlab olinib, namunaviy loyihalar asosida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, bugun Sho‘rchi tumani Guliston mahallasi hududida tashkil etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Sho‘rchida tashkil etilgan mazkur ko‘chada 2 ta mini stadion, 250 o‘rinli tomoshagoh, “Warkout”, basketbol, valeybol va harbiy-Vatanparvarlik musobaqalari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda 50 o‘rinli amfiteatr barpo etilgan. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab 3,4 km uzunlikda veloyo‘lak tashkil etilgan. Bundan tashqari hududda gulchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxona ham qurilgan.
Viloyat rahbari ko‘chaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, tuman nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, hududda joylashgan maktabning bo‘sh binosida tashkil etilgan sport to‘garaklari hamda YoChQT va fizika faniga ixtisoslashtirilgan xonalar ko‘zdan kechirildi. Tadbir yakunida mutasaddilar ko‘cha bo‘ylab tashkil etilayotgan bog‘ hududiga daraxt ko‘chatlari ekdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun