Nogironlikni belgilashda yangi tartib

Date:

Prezidentning 16.07.2024-yildagi «Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-257-son qarori qabul qilingan. Nogironlikni belgilashning yangi tizimi 2025-yil 1-sentyabrgacha respublikamizning barcha hududlarida joriy etiladi.
Fuqarolar nogironlikni belgilash uchun YAIDXP (my.gov.uz), «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qila oladilar. Bunda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida (TIEK) ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari tomonidan mahalliy xususiyatlar va sharoitlarga moslashtirilgan JSSTning nogironlikni baholash shkalasi asosida o‘tkaziladi. Bunda 2025-yil 1-sentabrgacha baholash natijalari nogironlikni belgilash uchun asos deb tan olinmaydi.
Shaxslarning sog‘lig‘i holatiga ko‘ra «Inson» markazlariga shaxsan kelish imkoni bo‘lmaganda, ularning sog‘lig‘i holati va funksionalligini baholash uyda yoki davolanayotgan joyidagi statsionarda o‘tkaziladi.
2025-yil 1-apreldan fuqarolarni TIEKda ko‘rikdan o‘tkazishga yuborish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi, u har bir kasallikning kechishi va turiga qarab alohida belgilanadi. TIEKning kasb, sport va ta’lim bo‘yicha tavsiyalar berishi bekor qilinadi. TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish va maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarishga yaroqlilikni aniqlash bo‘yicha funksiyalari tugatiladi. Ular davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkaziladi.
18 yoshdan katta shaxslarga nogironlik belgilanganda nogironlik muddati va sabablari, tibbiy-reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiyaning texnik vositalariga ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir aniq holatdan kelib chiqib, «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida shakllantiriladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlari tomonidan faqat tibbiy hujjatlar asosida nogironlikni belgilash bekor qilinadi. Nogironlik shaxslarning sog‘lig‘i holati va funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilanadi. Hujjat bilan Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun